Maktab psixologlari uchun oʻquv-seminar o‘tkazilmoqda

Maktab psixologlari uchun oʻquv-seminar o‘tkazilmoqda

Ayni paytda poytaxtimizdagi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida umumiy oʻrta taʼlim maktablari psixologlari uchun oʻquv-seminar o‘tkazilmoqda.

 

 

Ikki kun davomida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga O‘zbekistonning turli hududlaridan 220 nafar yetakchi trener-psixologlar jalb etilgan.

 

 

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev bunday tadbirlar bilim va tajribalarni jamlash, metodik yondashuvlarni takomillashtirish, pedagoglarni ruhiy-pedagogik jihatdan mustahkamlashga qaratilgan muhim platforma bo’lishini ta’kidladi.

 

Maktab psixologlari uchun oʻquv-seminar o‘tkazilmoqda

 

Shuningdek, Ta’limni rivojlantirish markazi direktori v.v.b. Yuliya Risyukova bunday tadbirlar sohada tajriba almashish, aniq yechimlarni muhokama qilish va yangi tashabbuslarni belgilash uchun muhim maydon boʻlib xizmat qilishini bildirdi.

 

‘‘Mazkur seminar sizning kasbiy tajribangizga yangi qirralar qoʻshadi, bilim va mahoratingizni yanada oshiradi. Natijada, maktablarimizda yanada ijobiy psixologik muhit yaratiladi, har bir bola oʻz salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqara oladi’’, – dedi Yuliya Risyukova.

 

 

O‘quv seminarining birinchi kunida ishtirokchilarga quyidagi mavzularda atroflicha ma’lumotlar berilmoqda:

 

 

– psixologik xizmat koʻrsatishning normativ hujjatlari bilan ishlash;

 

– diagnostika va uning turlari. “Raqamli resurslari va xizmatlari” portalida ishlash;

 

 – maktab psixologi faoliyatiga oid diagnostik instrumentlar;

 

– deviantologiya asoslari.

 

 

Tadbir doirasida pedagoglar uchun ertak terapiyasi, redjio pedagogika va art terapiya bo‘yicha ko‘rgazmali xonalar tashkil etilgan.

 

Maktab psixologlari uchun oʻquv-seminar o‘tkazilmoqda