Hokimliklar talaba qizlarning kontraktini toʻlab beradi

Hokimliklar talaba qizlarning kontraktini toʻlab beradi

Har yili har bir viloyatdan 150 nafar talaba qizning o‘qishi uchun davlat hokimliklari tomonidan kontrakt puli to‘lab beriladi. 

 

Bu tashabbus ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda yolg‘iz onalar qizlariga katta yordam bo‘lib xizmat qilmoqda.

 

Ushbu imtiyoz quyidagicha taqsimlanadi:

 

– 40 ta o‘rin — birinchi kurs talabalari uchun;

 

– 100 ta o‘rin — 2-kurs va undan yuqori bosqich talaba qizlari uchun.

 

Kimlar ushbu imtiyozdan foydalanishi mumkin?

 

Asosiy toifalar:

 

– Kam ta’minlangan oilalarning qizlari (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” bo‘yicha);

 

– yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba qizlar

  

– voyaga yetmagan farzandlarini yolg‘iz tarbiyalayotgan, boquvchisini yo‘qotgan (beva) ayollar qizlari.

 

Qaysi hollarda kontrakt to‘lab berilmaydi?

Ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qiyotgan va O‘zbekistondagi xorijiy yoki xususiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan qizlarga kontrakt toʻlab berilmaydi.

 

Hokimliklar tomonidan taqdim etilayotgan ushbu imtiyoz ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba qizlarning ta’lim olishida katta qo‘llab-quvvatlovchi kuchdir. 

Talabgorlar belgilangan mezonlarga mos kelgan holda ariza topshirib, kontrakt to‘lovini davlat hisobidan qoplatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.