Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan (“qizil”) maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak? - Ta’lim xabarlari
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan (“qizil”) maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak?

Vazirlar Mahkamasining tegishli (15.10.2021 yildagi 646-son) qarori bilan “Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda ta’lim berish uchun boshqa hududlardan o‘qituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan.

 

Mazkur nizomga ko‘ra, boshqa hududlardagi taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan oʻqituvchi-pedagoglar elektron platformaga kiritilgan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarning birini tanlab, koʻrsatilgan vakant soatlar boʻyicha 15-maydan 25-iyulga qadar umumtaʼlim maktabi direktoriga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qiladi.

Oʻqituvchi-pedagoglar taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktab direktoriga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

–  mutaxassisligi, dars beradigan fanini koʻrsatgan holda direktor nomiga ariza;

– doimiy yashash manzili (hudud, tuman/shahar nomi), telefon raqami koʻrsatilgan maʼlumotnoma — obyektivka;

– oliy yoki birinchi malaka toifasiga ega ekanligini tasdiqlovchi sertifikat nusxasi.

Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan oʻqituvchi-pedagoglarni saralash boʻyicha Ishchi guruh tuziladi.

Ishchi guruh tarkibiga maktab direktori, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, kadrlar boʻyicha menejer (inspektor), psixolog, maktab kasaba uyushmasi vakili kiritiladi.

Ishchi guruh murojaat etgan oʻqituvchi-pedagoglar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi.

Belgilangan talablarga mos kelgan hamda vakant soatlar boʻyicha bir oʻringa ikki va undan ortiq nomzodlar boʻlgan taqdirda, ular kasbiy bilim va koʻnikmalar, pedagogik mahorat hamda psixologik qobiliyat yoʻnalishida Ishchi guruh tomonidan suhbatdan oʻtkaziladi.

Saralash onlayn tarzda ham amalga oshirilishi mumkin.

Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktab har yili 5-avgustga qadar Ishchi guruh tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish va suhbat natijalariga koʻra saralangan oʻqituvchi-pedagoglar haqidagi maʼlumotlarni elektron platformaga kiritadi.

Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda ishlamoqchi boʻlgan oʻqituvchi-pedagoglar:

–  tegishli fan yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi;

–  dars berayotgan fani boʻyicha birinchi yoki oliy malaka toifasiga ega boʻlishi;

–  boshqa hududda kamida bir yil pedagogik faoliyat yuritgan boʻlishi;

–  amalda faoliyat yuritayotgan maktab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatida mavjud boʻlmasligi talab etiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры