Hukumatning 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son Nizomning 27-bandiga muvofiq pedagog kadr davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortishga haqli (pedagog kadrni navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkazish holatlari bundan mustasno).
Pedagog kadr davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Pedagog kadrga bogʻliq boʻlmagan holatlar (pedagog kadrning vafot etishi, mehnatga layoqatsiz boʻlib qolishi yoki pedagog kadr bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi tufayli davlat xizmatidan foydalanish zarurati mavjud emasligi) sababli davlat xizmatidan foydalanilmagan taqdirda, toʻlangan yigʻim pedagog kadrga yoki uning qonuniy vakiliga qaytariladi.
