“Agentlik xodimiman”: milliy va attestatsiya sertifikatlarini olib berishni va’da qilayotgan firibgarlar paydo bo‘lgan

“Agentlik xodimiman”: milliy va attestatsiya sertifikatlarini olib berishni va’da qilayotgan firibgarlar paydo bo‘lgan

So‘nggi haftalarda abituriyentlar va o‘qituvchilar tomonidan tahririyatimizga bir xil mazmundagi murojaatlar kelib tushmoqda. Murojaatlarda bildirilishicha, turli guruhlarda noma’lum shaxslar o‘zlarini Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimi deb tanishtirib, abituriyent va talabalarga chet tillaridan milliy sertifikat, pedagoglarga esa hech qanday attestatsiya sinovlarida qatnashmasdan toifa sertifikatini olib berishni va’da qilgan.

 

 

Ushbu firibgarlar, asosan, ta’limga oid telegram kanallarining guruhlarida bir xil mazmun va shaklda «Assalomu alaykum milliy sertifikat va attestatsiya topshirmoqchi bo’lganlar va topshirib o‘ta olmaganlar bizga yozinglar, to‘g‘irlab beramiz» deb xabar yozib, odamlarni aldab kelmoqda. Shuningdek, ular o‘zlarini agentlikning rasmiy xodimi deb tanishtirgan. Chet tillaridan milliy sertifikatlarni 300$ dan 500$ gacha bo‘lgan miqdorda olib berishni va’da qilgan.

 

 

O‘qituvchilarga esa o‘zini Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining mutaxassislaridan deb tanishtirib, attestatsiyadan o‘tolmagan pedagoglarga «ishonchli va kafolatlangan» toifa sertifikatini olib berishni aytgan.

 

 

Bizga murojaat qilgan o‘qituvchining so‘zlariga ko‘ra, firibgarning e’lonini ta’limga oid telegram guruhlardan birida ko‘rgan va murojaat qilgan. U pedagogga oliy toifani olib berish uchun 500$ miqdorda pul so‘ragan va sertifikatni olish uchun oldindan 50% to‘lovni yuborishni aytgan. Pedagog unda hozirdan uncha pul yo‘qligini aytib, 1,5 mln so‘m miqdorda pul o‘tkazib bergan. Pul o‘tishi bilan firibgar o‘qituvchini telegramda bloklagan va yozishmalarni o‘chirib yuborgan.

 

 

Yana boshqa bir murojaatchi esa, farzandiga milliy sertifikat olib berish uchun firibgarning «tuzog‘iga» tushgan. Ayolning aytishicha, sertifikat agentlik bazasida ko‘rinishi uchun oldindan to‘lovni o‘tkazish shartligini aytgan. Ayol esa 500 ming so‘m o‘tkazganidan so‘ng, telegramda blokka tushgan va barcha yozishmalar o‘chirib yuborilgan.

“Agentlik xodimiman”: milliy va attestatsiya sertifikatlarini olib berishni va'da qilayotgan firibgarlar paydo bo‘lgan “Agentlik xodimiman”: milliy va attestatsiya sertifikatlarini olib berishni va'da qilayotgan firibgarlar paydo bo‘lgan

«O‘zini Bilimni baholash agentligi xodimi deb tanishtirib, odamlarni aldab pulini olib, keyin bloklab qo‘yyapti», – deydi murojaatchilardan biri.

 

 

Ushbu holatni o‘rganish maqsadida, ushbu firibgar bilan go‘yoki chet tilidan B2 sertifikat kerakligi va qancha muddatda tayyor bo‘lishi haqida gaplashib ko‘rdik. Suhbat davomida ushbu shaxs sertifikat haqiqiy ekanligini, 100 foiz ishonchligini aytib o‘tdi. Bizning «hozir milliy sertifikat imtihonlari bo‘lmayapti, siz sertifikatni qanday olib berasiz» degan savolimizga  javob berishdan qochib, vaziyatdan quyidagicha chiqib ketdi:

 

 

«Ushbu sertifikat Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan haqiqiy sertifikat. Siz pulni yuboring va sertifikatni qo‘lingizga olgach, o‘zingiz tekshirib olaverasiz. Ishonchingiz komil bo‘lsin, bizda hammasi haqqoniy», – deydi o‘zini agentlikning rasmiy xodimi deb tanishtirgan Abdullayev.

“Agentlik xodimiman”: milliy va attestatsiya sertifikatlarini olib berishni va'da qilayotgan firibgarlar paydo bo‘lgan “Agentlik xodimiman”: milliy va attestatsiya sertifikatlarini olib berishni va'da qilayotgan firibgarlar paydo bo‘lgan “Agentlik xodimiman”: milliy va attestatsiya sertifikatlarini olib berishni va'da qilayotgan firibgarlar paydo bo‘lgan “Agentlik xodimiman”: milliy va attestatsiya sertifikatlarini olib berishni va'da qilayotgan firibgarlar paydo bo‘lgan

 

Bundan tashqari firibgar maxsus telegram kanal ochib, unda «natijalarini» qo‘yib borgan. Uning aytishicha, ma’lumotlar maxfiy saqlanadi, ammo telegram kanali orqali «olib bergan sertifikatlari»ni ko‘rish mumkin. Ushbu telegram kanalga joylangan barcha sertifikatlardagi o‘quvchilar rasmining ustiga turli stikerlar qo‘yilgan va berkitilgan. Firibgar ushbu natijalarning barchasini o‘zi olib berganini, natijaga 100 foiz kafolat berishini aytgan.

“Agentlik xodimiman”: milliy va attestatsiya sertifikatlarini olib berishni va'da qilayotgan firibgarlar paydo bo‘lgan “Agentlik xodimiman”: milliy va attestatsiya sertifikatlarini olib berishni va'da qilayotgan firibgarlar paydo bo‘lgan

“Agentlik xodimiman”: milliy va attestatsiya sertifikatlarini olib berishni va'da qilayotgan firibgarlar paydo bo‘lgan

“Agentlik xodimiman”: milliy va attestatsiya sertifikatlarini olib berishni va'da qilayotgan firibgarlar paydo bo‘lgan

 

Eslatma o‘rnida shuni aytish joizki, ta’lim sohasidagi barcha turdagi sertifikat va attestatsiya hujjatlari qonunchilikda belgilangan tartibda imtihon o‘tkazilib, talabgorning olgan natijasidan kelib chiqib beriladi. Noqonuniy yo‘l bilan bunday hujjatlarni “tezlashtirib” olib berishni va’da qilayotgan shaxslar qonunni buzayotgan va firibgarlik qilayotgan hisoblanadi. Fuqarolarga bunday takliflarga ishonmaslik, shubhali holatlarda esa tegishli organlarga xabar berish tavsiya etiladi!