Princeton universiteti ijodkorlar uchun mo‘ljallangan Hodder Fellowship stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur davomida ishtirokchilar bir o‘quv yili (10 oy) davomida mustaqil ijodiy loyihalar ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Stipendiya miqdori — 92 000 AQSh dollari. Bundan tashqari, tadqiqot xarajatlari uchun qo‘shimcha 5 000 dollar ajratiladi. Nomzodlar tanlovda o‘zlarining ijod namunalari bilan ishtirok etishlari lozim.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Yozuvchilar, rassomlar, xoreograflar, ijrochi san’atkorlar, tarjimonlar, yozuvchilar, gumanistlar va boshqa ijodiy soha vakillari;
AQSh fuqarosi bo‘lmagan shaxslar;
Ushbu stipendiyadan fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ishlatilishi mumkin emas;
Fan nomzodi yoki boshqa har qanday yuqori darajali doktorlik dissertatsiyalari egalari ariza berish huquqiga ega emas.
Dastur afzalliklari
10 oylik akademik yil uchun 92 000 AQSH dollarlik stipendiya;
Tadqiqot xarajatlari uchun qo‘shimcha 5 000 dollar;
Dastur haqida ushbu havola orqali to‘liq ma’lumot olish mumkin.
Hujjat topshirish tartibi
Arizalar faqat onlayn qabul qilinadi. Arizani to‘ldirishdan oldin barcha hujjatlarni tayyorlab qo‘yish tavsiya etiladi, chunki saqlash funksiyasi mavjud emas.
Arizalar onlayn tarzda quyidagi havola orqali topshiriladi.
Oxirgi muddat: 09.09.2025 soat 09:59
Talab qilinadigan hujjatlar:
Elektron ariza;
Rezyume (CV);
750 so‘zdan iborat loyiha taklifi;
Tavsiya beruvchi uch kishining kontakt va shaxsiy ma’lumotlari;
Yozuvchilar uchun so‘nggi ishidan 3000 so‘zdan iborat namuna;
Shoirlar uchun 20 betdan oshmagan ish namunasi;
San’atkorlar uchun 10 daqiqalik ijro namunasi (Namuna YouTube, Vimeo, Flicker va boshqa onlayn video formatiga havola orqali yuborilishi kerak);
Rassomlar uchun bitta pdf faylga to‘plangan, eng ko‘pi 20 ta bo‘lgan suratlar jamlanmasi;
Musiqachilar uchun 10 daqiqalik ijro namunasi (Namuna YouTube, Vimeo, Flicker va boshqa onlayn video formatiga havola orqali yuborilishi kerak);
Kinoijodkorlar uchun 10 daqiqalik film yoki video ishlari (Namuna YouTube, Vimeo, Flicker va boshqa onlayn video formatiga havola orqali yuborilishi kerak).
Eslatma:
Onlayn formatda yuborilgan ishlar uchun parol qo‘yilgan holatlarda, parollarni ham qo‘shib yuborish talab etiladi;
Havola aniqlik bilan ko‘rsatilishi talab etiladi, butun film arxiviga bitta havola berilmasligi lozim;
Ilova namunaviy ish uchun berilgan havolaga qo‘shimcha ravishda bitta URL havolasini qo‘shish imkonini ham beradi.
Muhim sanalar
Natijalar: noyabr oyining oxiriga qadar;
Final bosqich: suhbat (intervyu).
Ma’lumot uchun: lca-fellowships@princeton.edu
