Pedagoglarning pedagog.uzedu.uz tizimidagi ish staji xato bo‘lsa nima qilish mumkin?

Pedagoglarning pedagog.uzedu.uz tizimidagi ish staji xato bo‘lsa nima qilish mumkin?

Savol: Toʻgʻridan-toʻgʻri oliy malaka toifasini umrbod saqlash uchun ariza yubormoqchi edim. Lekin, pedagog.uzedu.uz – tizimida mening pedagogik stajim 18 yil koʻrinmoqda. Aslida esa hozirgi kunga qadar 27 yillik ped stajga egaman. Bunday holatda nima qilsam boʻladi?

 

 

Javob: Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari malaka toifalari olish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborishda joriy etilgan pedagog.uzedu.uz – platformasi bir qancha elektron tizimlar bilan integratsiya qilingan hamda pedagoglar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shu tizimlardan avtomatik tarzda olinadi.

 

 

Jumladan, pedagoglarning ish faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlar Yagona milliy mehnat tizimi (YaMMT) — my.mehnat.uz – saytidan olinadi. Yuqoridagi savol holatga oʻxshash vaziyatlarda quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etiladi:

 

 

– birinchi qadam: taʼlim tashkilotida pedagoglarning ish faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini Yagona milliy mehnat tizimi (YaMMT) — my.mehnat.uz -saytiga kiritishga masʼul boʻlgan shaxs (kadrlar boʻyicha menejer yoki shu masalaga masʼul qilib biriktirilgan direktor oʻrinbosari va h.k.z) tomonidan maʼlumotlar toʻliq va toʻgʻri kiritilganligi tekshirib koʻriladi.

 

 

– ikkinchi qadam: pedagog tomonidan ONE ID-tizimi orqali pedagog.uzedu.uz – platformasidagi shaxsiy kabinetga kiriladi va “pedagog maʼlumotlarini yangilash” tugmachasi bosiladi.