Hukumatning 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qaroriga ko’ra, ba’zi o‘qituvchilarga malaka toifasi attestatsiyadan o’tkazilmasdan to’g’ridan-to’g’ri beriladi.
Nizomning 8-bandiga ko’ra, quyidagi pedagog kadrlarga malaka toifasi (lavozim) toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) beriladi:
– Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan sport musobaqalarining:tuman (shahar) bosqichi gʻolib tarbiyalanuvchisini (1-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);
