«Huquqshunoslik fanlari va ingliz tili» fanlar majmuasida o‘tish balli eng past bo‘lgan yo‘nalishlar qaysilar?

«Huquqshunoslik fanlari va ingliz tili» fanlar majmuasida o‘tish balli eng past bo‘lgan yo‘nalishlar qaysilar?

Ko‘pgina abituriyentlar  «mening ballim qaysi yo‘nalishlarga o‘tadi» deb, murojaat qilayotgan edi.  Buni hozir hech kim bilmaydi, joriy yilgi o‘tish ballari faqat mandatdan keyin ma’lum bo‘ladi xolos. Ammo o‘tgan yilgi o‘tish ballari bilan solishtirib, taxminiy mo‘ljal olish mumkin. Endi buni bilishning oson yo‘li paydo bo‘ldi.

 

Quyida «Huqushunoslik fanlari va ingliz tili» fanlar majmuasidagi yo’nalishlarning o’tgan yildagi o’tish ballarini ko’rish mumkin (ta’lim tili: rus):

Hudud Oliy ta’lim muassasasi Ta’lim shakli Yo’nalish O’tish bali
Toshkent shahri O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Kunduzgi Yurisprudensiya (prokurorlik faoliyati) 161.20
Toshkent shahri Toshkent davlat yuridik universiteti Kunduzgi Yurisprudensiya 159.60
Toshkent shahri Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Kunduzgi Yurisprudensiya 158.30
Toshkent shahri O‘zbekiston Milliy universiteti Kunduzgi Yurisprudensiya 156.50
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qoraqalpoq davlat universiteti Kunduzgi Yurisprudensiya 155.20
Samarqand viloyati Samarqand davlat universiteti Kunduzgi Yurisprudensiya 148.30
Toshkent shahri Toshkent davlat transport universiteti Kunduzgi Yurisprudensiya 148.10
Toshkent shahri Toshkent davlat yuridik universiteti Sirtqi Yurisprudensiya 147.00
Toshkent shahri «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqotlar universiteti Kunduzgi Yurisprudensiya 142.60
Toshkent viloyati Toshkent davlat agrar universiteti Kunduzgi Yurisprudensiya 141.20
Toshkent shahri Toshkent davlat transport universiteti Sirtqi Yurisprudensiya 140.60
Xorazm viloyati Urganch davlat universiteti Kunduzgi Yurisprudensiya 138.80
Toshkent viloyati Toshkent davlat agrar universiteti Sirtqi Yurisprudensiya 137.10

 

Eslatma! Abituriyentlar joriy yil to‘plagan ballarining o‘tgan yilgi o‘tish ballariga mosligini tekshirish imkoniyati yaratildi.  Bilim va malakalarni baholash agenligi mandat.uzbmb.uz sayti orqali yoki quyidagi telegram botlari orqali o’zlarining natijalarini o’tgan yillardagi o’tish ballari bilan solishtirishlari mumkin:

 

@mandat_javobbot
@e_uzbmb_mandatbot
@bmb_natijabot

 

Joriy yil to‘plagan balli bilan o‘tgan yili qayerlarga kirish mumkin bo‘lgani ko‘rsatiladi. Chiqqan ma’lumotlarni hudud va yo‘nalish kesimida filtr qilish mumkin. Bu ma’lumotlar abituriyentga qaysi yo‘nalishni tanlashni hal qilishga yordam beradi.

 

Eslatma!

 

Yashil rang — kontrakt uchun ball yetadi degani.

Sariq rang — kontrakt uchun ball yetmaydi degani.