O‘tgan yillari Ichki ishlar organlari xodimlari farzandi uchun ajratilgan qo‘shimcha kvotalar oliygohlar kesimida tasdiqlanar edi. Natijada qaysidir oliygohda o‘tish balli juda yuqori, qaysidir birida past bo‘lishiga sabab bo’lgan. Joriy yilda umumiy kvota e’lon qilindi.
Joriy yilda Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun jami 1 775 ta qo‘shimcha davlat granti ajratildi. Shunda, ushbu imtiyozga ega bo’lgan abituriyentlarda (qaysi yo’nalishni tanlaganining farqi yo’q) eng yuqori natijani qayd etgan 1775 nafar abituriyent ushbu kvota doirasida davlat granti asosida o’qishga qabul qilinadi.
Masalan, respublika bo’ylab umumiy hisobda 5000 nafar abituriyentda Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga beriladigan imtiyoz mavjud bo’lsa, shularning orasidan eng yoquri natijaga ega bo’lgan 1775 nafar abituriyent saralanadi va o’qishga qabul qilinadi. Qolgan abituriyentlarning natijalari esa umumiy kvotada ko’rib chiqiladi.
Eslatma! Agar ushbu imtiyoz orqali o’qishga qabul qilingan abituriyentlarning 500 nafari yoki 1000 nafari ham bir xil yo’nalishga topshirgan taqdirda ham, ular o’sha yo’nalishga o’qishga qabul qilinadi va o’qishi mumkin.
Muhim! Mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas. Lekin ular ham beshta yo‘nalish tanlay olishadi, faqat imtiyozli kvotaga kira olmay qolganda, o‘z bali bilan el qatori umumiy kvotada kurashadi.
IIO xodimlari farzandlariga ball qo‘shib beriladimi?
Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. Ular o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi. Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. 68 dan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.
