Ko‘pgina abituriyentlar “mening ballim qaysi yo‘nalishlarga o‘tadi” deb, murojaat qilayotgan edi. Buni hozir hech kim bilmaydi, joriy yilgi o‘tish ballari faqat mandatdan keyin ma’lum bo‘ladi xolos. Ammo o‘tgan yilgi o‘tish ballari bilan solishtirib, taxminiy mo‘ljal olish mumkin. Endi buni bilishning oson yo‘li paydo bo‘ldi.
Quyida “Kasbiy (ijodiy imtihon) va chet tili” fanlar majmuasidagi yo’nalishlarning o’tgan yildagi o’tish ballarini ko’rish mumkin:
| Hudud | Oliy ta’lim muassasasi | Ta’lim shakli | Yo’nalish | O’tish bali |
|---|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti | Kunduzgi | Jurnalistika | 111.60 |
| Toshkent shahri | O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti | Kunduzgi | Jurnalistika | 102.30 |
| Toshkent shahri | O‘zbekiston Milliy universiteti | Kunduzgi | Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar | 101.50 |
| Toshkent shahri | O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti | Kunduzgi | Jurnalistika | 97.30 |
| Toshkent shahri | O‘zbekiston Milliy universiteti | Kunduzgi | Jurnalistika | 94.50 |
| Toshkent shahri | O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti | Kunduzgi | Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar | 94.50 |
| Toshkent shahri | O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti | Kunduzgi | Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar | 93.50 |
| Samarqand viloyati | Samarqand davlat chet tillar instituti | Kunduzgi | Jurnalistika | 91.30 |
| Namangan viloyati | Namangan davlat universiteti | Kunduzgi | Jurnalistika | 89.90 |
| Toshkent shahri | O‘zbekiston Milliy universiteti | Sirtqi | Jurnalistika | 88.40 |
| Toshkent shahri | O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti | Sirtqi | Jurnalistika | 87.70 |
| Toshkent shahri | O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti | Kechki | Jurnalistika | 85.70 |
| Toshkent shahri | O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti | Kechki | Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar | 84.90 |
| Toshkent shahri | O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti | Sirtqi | Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar | 82.80 |
| Buxoro viloyati | Buxoro davlat universiteti | Kunduzgi | Jurnalistika | 81.40 |
| Toshkent shahri | O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti | Sirtqi | Jurnalistika | 77.20 |
| Buxoro viloyati | Buxoro davlat universiteti | Kunduzgi | Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar | 76.90 |
| Surxondaryo viloyati | Termiz davlat universiteti | Kunduzgi | Jurnalistika | 74.60 |
| Toshkent shahri | Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti | Sirtqi | Jurnalistika | 74.50 |
| Buxoro viloyati | Buxoro davlat universiteti | Sirtqi | Jurnalistika | 74.40 |
| Toshkent shahri | O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti | Sirtqi | Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar | 74.40 |
| Samarqand viloyati | Samarqand davlat chet tillar instituti | Sirtqi | Jurnalistika | 67.90 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Qoraqalpoq davlat universiteti | Kunduzgi | Jurnalistika | 65.90 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Qoraqalpoq davlat universiteti | Sirtqi | Jurnalistika | 64.90 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Qoraqalpoq davlat universiteti | Kunduzgi | Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar | 58.20 |
| Toshkent shahri | O‘zbekiston Milliy universiteti | Masofaviy | Jurnalistika | 57.20 |
| Toshkent shahri | O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti | Masofaviy | Jurnalistika | 56.70 |
Eslatma! Abituriyentlar joriy yil to‘plagan ballarining o‘tgan yilgi o‘tish ballariga mosligini tekshirish imkoniyati yaratildi. Bilim va malakalarni baholash agenligi mandat.uzbmb.uz sayti orqali yoki quyidagi telegram botlari orqali o’zlarining natijalarini o’tgan yillardagi o’tish ballari bilan solishtirishlari mumkin:
@mandat_javobbot
@e_uzbmb_mandatbot
@bmb_natijabot
Joriy yil to‘plagan balli bilan o‘tgan yili qayerlarga kirish mumkin bo‘lgani ko‘rsatiladi. Chiqqan ma’lumotlarni hudud va yo‘nalish kesimida filtr qilish mumkin. Bu ma’lumotlar abituriyentga qaysi yo‘nalishni tanlashni hal qilishga yordam beradi.
Eslatma!
Yashil rang — kontrakt uchun ball yetadi degani.
Sariq rang — kontrakt uchun ball yetmaydi degani.
