2025-2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining ta’lim sohalari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti e’lon qilindi.
Ayrim bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining (tillar, maxsus pedagogika, sport, sanʼat va boshqa) oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqib, ularning soha ixtisoslashuviga koʻra taqsimlangan qabul parametrlari.
Masalan, Filologiya va tillarni o’qitish sohasi uchun jami 1580 ta grant o’rni ajratilgan bo’lsa, shundan faqat 335 ta grant ingliz tili uchun beriladi. Bundan maqsad, grant kvotasining katta qismi ingliz tiliga ketib qolib, boshqa tillar uchun bironta grant bo’lmasligining oldini olish.
Yoki boshqa misol: Sport faoliyati sohasi uchun jami 780 ta grant ajratilgan bo’lsa, shundan futbol uchun 87 ta, kurash uchun 80 ta grant beriladi.
