Xitoyning Tsyanyin shahrida bo‘lib o‘tgan XII Osiyo yoshlar o‘rtasidagi ushu chempionatda Buxoro shahridagi 17-umumta’lim maktabining 10-sinf o’quvchisi O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oybek Nurmurodov kumush medalini qo’lga kiritdi.
U 70 kg vazn toifasida bahs olib borib, eronlik va koreyalik raqiblarini mag‘lub etib, finalga yo‘l olgan.
