Magistraturaga my.gov.uz orqali yuborilgan arizalar ham koʻrib chiqiladi – Vazirlik

Magistraturaga my.gov.uz orqali yuborilgan arizalar ham koʻrib chiqiladi – Vazirlik

Magistraturaga «my.gov.uz» portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning arizalari ham belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Magistraturaga kirishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – «my.gov.uz» orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning arizalarini qabul qilish bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

2025-yil 1-30-iyul kunlari magistraturaga «my.gov.uz» portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning arizalari belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

 

Bunda:

 

– ushbu toifadagi abituriyentlarga arizalarining holatini «my.edu.uz» platformasiga OneID orqali kirgan holda kuzatib borish imkoniyati yaratiladi;

– ro‘yxatdan o‘tgan arizalarning asossiz rad qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Vazirlik bu borada abituriyentlarning hech bir xavotirlanishiga asos yo‘qligini hamda tanlovlar adolat, ochiq-oshkoralik tamoyillari asosida o‘tkazilishini ma’lum qildi.