Ilmiy tadqiqotlar uchun 1,5 trln soʻmdan ortiq xarajat qilingan — statistika

Ilmiy tadqiqotlar uchun 1,5 trln soʻmdan ortiq xarajat qilingan — statistika

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024-yilda ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga xarajatlar qiymati hajmi qariyb 1,6 trln soʻmni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2023-yilga nisbatan 184,9 mlrd soʻmga yoki 13,3 % ga oshgan.

 

Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga xarajatlar qiymati yillar kesimida quyidagicha:

 

2020-yil – 838,6 mlrd soʻm

2021-yil – 971,8 mlrd soʻm

2022-yil – 1 423,3 mlrd soʻm

2023-yil – 1 389,2 mlrd soʻm

2024-yil – 1 574,1 mlrd soʻm