Kasbiy sertifikat nazorat sinovlaridan kimlar ozod qilinadi?

Kasbiy sertifikat nazorat sinovlaridan kimlar ozod qilinadi?

Quyidagilar kasbiy sertifikatlashga jalb etilmaydi:

 

– fan nomzodi, falsafa doktori Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;

 

– magistr darajasiga ega mutaxassislar;

 

– pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etib, kamida mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlangan darajada ko‘rsatkichga ega bo‘lgan pedagoglar.

 

 

Quyidagilar kasbiy sertifikatlashdan ma’lum muddatga ozod qilinadi:

 

– homilador ayollar, homiladorlik yoki tug‘ish ta’tilida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

 

– pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar (farzandi uch yoshga to‘lgunga qadar);

 

– uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;

 

uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar, ular ishga chiqqanidan so‘ng olti oy davomida.

 

 

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarori