Business Today tashkiloti tomonidan har yili an’anaviy tarzda tashkil etiladigan nufuzli Xalqaro konferensiyaning 51-soni joriy yilda ham talabalar uchun eshiklarini ochmoqda. Dastur butun dunyo boʻylab bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talabalarga moʻljallangan boʻlib, biznes sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun muhim imkoniyatdir.
Konferensiya sanasi: 2025-yil 8–10-noyabr
O‘tkaziladigan joy: Nyu-York shahri, AQSh
Mavzu: “The Human Algorithm”
Konferensiya doirasida quyidagilar tashkil etiladi:
– Mashhur biznes yetakchilari ishtirokida maʼruzalar va panel muhokamalari;
– boshqaruv bo‘yicha interaktiv seminarlar;
– talabalararo (peer-to-peer) muloqot maydoni;
– ishga qabul qilish jarayonlari va tanlovlar;
– moliyalashtirish bo‘yicha musobaqalar.
Xarajatlar to‘liq qoplanadi:
Aviachipta xarajatlari
Turarjoy
Oziq-ovqat
Eslatma: viza xarajatlari qoplanmaydi.
Ishtirok etish shartlari:
Bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan bo‘lishi
Ingliz tilida erkin muloqot qila olishi
Konferensiya davomida barcha tadbirlarda to‘liq ishtirok eta olishi.
Ariza topshirish tartibi:
Arizalar ikki bosqichda qabul qilinadi:
▪️ 1-bosqich: 2025-yil 20-iyun (yakunlangan)
▪️ 2-bosqich: 2025-yil 15-avgust — hozirda davom etmoqda
Diqqat: Sayt qayta yuklanganda kiritilgan maʼlumotlar o‘chib ketishi mumkin. Shu bois, ariza shaklini bir martada to‘ldirib, yuborish tavsiya etiladi.
Tanlovdan o‘tgan nomzodlar konferensiyada ishtirokini kafolatlash uchun $75 miqdorida depozit to‘lovini amalga oshirishi kerak.
Qo‘shimcha savollar bo‘yicha murojaat: studentrelations@businesstoday.org
Eng koʻp berilgan savollar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dastur imtiyozli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
So‘nggi muddat: 2025-yil 15-avgust
