Eʼzoza Karimova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri etib tayinlanishi kutilmoqda.
Hozirda Eʼzoza Gapirjanovna Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimida ishlab kelmoqda.
E’zoza Karimova:
— 2021−2021-yillarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi bo‘limi boshlig‘i;
— 2021−2023-yillarda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi;
— 2023−2024-yillarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimlarida faoliyat olib borgan.
