Ijtimoiy tarmoqlarda Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari bo‘yicha rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlar tarqalmoqda. Bu bo’yicha Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rasmiy munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, imtihon natijalari rasman e’lon qilinmagan. Ayni paytda natijalarni shakllantirish ishlari yakuniy bosqichda.
‘‘Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi imtihon natijalarini bugun kunning ikkinchi yarmida rasmiy sahifalari orqali e’lon qilinishini ma’lum qiladi’’, — deyiladi agentlik munosabatida.
