Toifa olish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanishiga 3 kun qoldi

Toifa olish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanishiga 3 kun qoldi

Joriy yilning 1-avgustidan boshlab avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanadi.

 

 

Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari joriy yil avgust-dekabri oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar roʻyxatdan oʻtishi va murojaat yuborishi mumkin.

 

 

Murojaatlarni:

 

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining veb-saytidagi pedagog.uzedu.uz – platformasi orqali (ONE ID-tizimi orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va tegishli maʼlumotlar kiritiladi:

 

 

– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz/uz orqali;

 

– davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.

 

 

P.S. Avgust-sentyabr oylarida murojaatlar qabul qilinadi;

 

Oktyabr-Noyabr oylarida malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi;

 

Dekabr oyida Sertifikatlar tarqatiladi.