Davomatning pastligi o‘quvchilar bilimi pasayishiga sabab bo‘ladi – PISA natijalari - Ta’lim xabarlari
Davomatning pastligi o‘quvchilar bilimi pasayishiga sabab bo‘ladi – PISA natijalari

PISA (Programme for International Student Assessment), ya’ni o‘quvchilarning ta’limdagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur natijalariga ko‘ra, darslarga uzoq muddat qatnashmaslik ta’lim sifatida salbiy ta’sir qiladi.

 

Xususan, O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limda uzoq vaqt davomida dars qoldirgan o‘quvchilar darslarda muntazam qatnashgan tengdoshlariga nisbatan matematikadan o‘rtacha 35 ball, o‘rta (5-9 sinflar) ta’limda 41 ball va yuqori (10-11 sinflar) ta’limda 59 ball past natija ko‘rsatgan.

 

Tahlil natijalariga ko‘ra, yuqori sinflarda davomatning past bo‘lishi o‘quvchilarning bilim darajasi pasayishiga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.

 

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari orasida davomatning pasayib ketishi kuzatilmoqda. 2024-yilning fevral oyidan e’tiboran Milliy gvardiya hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktablarda davomat muammosi bilan shug‘ullanuvchi maxsus ishchi guruh tuzildi.

 

e-maktab ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda (jami o‘quvchilarning 99 foizi qamrab olingan) maktablardagi o‘rtacha davomat 83,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilga (98.8 foizi qamrab olingan) kelib 82,5 foizga tushgan.

 

Aytib o‘tish joizki, davomatning eng past ko‘rsatkichlari yuqori sinf o‘quvchilari orasida (10-11 sinflar) kuzatilgan bo‘lib, 78,4 foizni tashkil etgan. Bu 2022-yildagiga nisbatan 2,1 foiz punktiga yuqori.

 

Buning asosiy sabablaridan biri ularning oliy o‘quv yurtiga tayyorlanish jarayonida qo‘shimcha darslarga qatnashi bo‘lishi mumkin. MHTI tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, 16-17 yoshli farzandi bo‘lgan ota-onalarning 87 foizi farzandi qo‘shimcha darslarga qatnashini bildirgan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры