Sertifikatsiz chet tili o’qituvchilariga ogohlantirish berilmoqda

Sertifikatsiz chet tili o’qituvchilariga ogohlantirish berilmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xorijiy tillar o‘qituvchilariga nisbatan bu safar masalaga yanada qat’iy yondashmoqda.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Barcha hududiy bo‘limlar maktab direktorlariga rasmiy ko‘rsatma yuborib, chet tili o‘qituvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni topshirishni va ularga sertifikat talabi bo‘yicha ogohlantirish berishni so‘ramoqda.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Gap aynan kimlar haqida ketmoqda?⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ 

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu va hind tillari bo‘yicha dars berayotgan pedagoglar xorijiy til o‘qituvchilari hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-sonli qaroriga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yiliga qadar barcha xorijiy til o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro til sertifikatiga ega bo‘lishi majburiy.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Aslida bu talab ilgari ham joriy etilgan edi, ammo avvalgi yillarda sertifikat olish muddati vazirlik tomonidan uzaytirib berilgandi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Endi esa vazirlik ogohlantirishlar bilan jarayonni nazoratga olgan.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 Nega B2 talab qilinmoqda?⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ 

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

B2 darajasi – bu bakalavr diplomiga teng til bilim darajasi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ya’ni, o‘qituvchi chet tilida erkin fikrlash va dars o‘tish malakasiga ega bo‘lishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Bu esa o‘quvchilarga sifatli ta’lim berilishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Muhim: 

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Vazirlikning Daryo.uz nashriga ma’lum qilishicha, iyul–avgust oylarida minglab o‘qituvchilar sertifikat olish uchun ariza topshirgan.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Javoblar sentyabr oyiga yaqin e’lon qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Yangi o‘quv yili uchun o‘zgarish: 

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Agar 2025/2026 o‘quv yili boshlanishiga qadar xorijiy til o‘qituvchisi talab qilingan B2 sertifikatiga ega bo‘lmasa, uning mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Xalqtaliminfo.uz xabariga ko‘ra, hozirda hududiy boshqarmalar maktab direktorlariga sertifikatsiz xorijiy til o‘qituvchilarning tahliliy ro‘yxatini tayyorlash, ularni ogohlantirish va masalani nazoratda ushlab turish bo‘yicha rasmiy topshiriq bergan.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Sertifikatsiz chet tili o’qituvchilariga ogohlantirish berilmoqda⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Shuningdek, ko‘plab ta’lim muassasalari direktorlari tomonidan xorijiy til o‘qituvchilariga rasmiy ogohlantirish xatlari ham berilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Sertifikatsiz chet tili o’qituvchilariga ogohlantirish berilmoqda⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Endilikda, 2025/2026-o‘quv yiliga qadar sertifikat talabiga javob bermagan pedagoglar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠