Joriy yilning 29-iyul kuni «Jasorat maktablari»ga kirish imtihon natijalari boʻyicha teng ball toʻplagan nomzodlar uchun jismoniy tayyorgarlik sinovlari boʻlib oʻtadi.
Jarayonlar soat 8:00 da boshlanadi.
Maʼlumot uchun: ushbu sinovlarda har bir oʻquvchiga 5 tadan jismoniy mashq beriladi hamda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining turlari va mezonlariga muvofiq 50 ballik tizim asosida baholanadi.
Natijalar yuzasidan qiziqtirgan savollar bo’lgan taqdirda belgilangan tartibda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo’limida tashkil etilgan komissiyaga murojaat etishi mumkin.
Bu muhim: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 soat oldin tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.
Qoʻshimcha maʻlumotlar uchun: 1206
