O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 2-iyundagi PF-91-sonli Farmoni bilan aholining turmush darajasini oshirish, fuqarolarning daromadlarini izchil ko‘paytirish va ularni ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi.
Farmonga ko’ra, 2025-yil 1-avgustdan boshlab:
🔹Davlat budjeti tashkilotlari xodimlarining ish haqi;
🔹Stipendiyalar 10 foizga oshiriladi.
2025-yil 1-avgustdan:
🔹Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 271 000 so‘m;
🔹Bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – 412 000 so‘m etib belgilanadi.
Masalan, ilgari 517 880 so‘m stipendiya olayotgan talabalarning yangi stipendiyasi 569 668 so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek:
“A’lo” baholarda o‘qiyotgan talabalar oladigan 621 456 so‘mlik stipendiya – 683 602 so‘mga;
400 000 so‘m bo‘lgan bazaviy stipendiya – 440 000 so‘mga oshadi.
