Defektologiya yo‘nalishi bitiruvchilari maxsus maktabgacha taʼlim muassasalarida defektolog sifatida ishlashlari mumkin

Defektologiya yo‘nalishi bitiruvchilari maxsus maktabgacha taʼlim muassasalarida defektolog sifatida ishlashlari mumkin

Maxsus pedagogika (defektologiya) yoʻnalishi – sogʻlom hamda nogironligi boʻlgan/imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash uchun zaruriy pedagog kadrlarni tayyorlaydi.

 

Maxsus pedagogika 4 ta yoʻnalishni oʻz ichiga oladi:

 

– oligofrenopedagogika (aqliy rivojlanishi orqada qolgan bolalar);

 

– surdopedagogika (eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar);

 

– tiflopedagogika (koʻrishida nuqsoni boʻlgan bolalar);

 

– logopediya (nutqida nuqsoni boʻlgan bolalar).

 

 Ishga joylashish imkoniyatlari:

 

Hozirgi kunda maxsus pedagogika yo‘nalishi koʻp qirrali boʻlib, quyidagi joylarda faoliyat yuritishlari mumkin:

 

– bitiruvchi talabalar sogʻlom bolalarga moʻljallangan maktabgacha taʼlim muassasalarida logoped;

 

– maxsus maktabgacha taʼlim muassasalarida defektolog;

 

– umumtaʼlim maktablarida logoped;

 

– maxsus maktab va maktab-internatlarda defektolog;

 

– oilaviy poliklinikada logoped lavozimida faoliyat yuritishlari mumkin.