Yoʻnalishni tanlashda grant va taʼlim yoʻnalishi ustvorligining farqi nimada?

Yoʻnalishni tanlashda grant va taʼlim yoʻnalishi ustvorligining farqi nimada?

23-iyul kuni davlat OTMlarining bakalavriatiga kirish uchun test imtihonlarining so’nggi kuni. 27-iyuldan esa, kirish imtihonining ikkinchi – tanlov bosqichi boshlanadi va 10-iyulgacha davom etadi.

 

Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin.

 

Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

 

Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;

 

Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

 

 

Yoʻnalishni tanlashda grant va taʼlim yoʻnalishi ustvorligining farqi nimada?

 

 

Masalan, kimdir «menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak», desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha «men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman» desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.

 

Shuningdek, abituriyentlar ta’lim shaklini tanlaydi. Bunda ular o’zlariga qulay bo’lgan istalgan ta’lim shakli, ya’ni kunduzgi, kechki va masofaviy  shakllarni tanlashi mumkin.

 

Eslatma! Tanlov bosqichi yakunlangandan yoki mandat chiqqandan so’ng ustuvorlikni almashtirishning imkoniyati yo’q