Endi har bir o‘quvchi yiliga bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Endi har bir o‘quvchi yiliga bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

2025–2026 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun yangi tizim joriy etilmoqda: ular har yili chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bunda nafaqat umumiy salomatlik, balki o‘quvchilarning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlari ham baholanadi, bu esa ularning sport turiga qobiliyati aniqlashda yuzaga keladi. 

 

 

Ushbu yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyuldagi 447-son qarori «O’quvchilarning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali ularni sport turlariga yo’nalishtirish hamda sport turlarini ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori bilan tasdiqlandi 

 

.

Qanday tartiblar belgilangan:

 

  • 2025-yil 15-avgustgacha maxsus elektron modul ishga tushiriladi. Bu modul o‘quvchilarning fiziologik va antropometrik holati asosida sport turlariga yo‘naltirishda foydalaniladi.

  • Belgilangan muddatgacha har bir o‘quvchi hududdagi markaziy poliklinikalarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

 

  • 2025/2026 o‘quv yili boshidan boshlab, maktab hamshiralari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etiladi. Bu seminarlar o‘quvchilarning aniq ko‘rsatkichlarini olish va ular bilan ishlashni o‘rgatadi.

 

  • Har bir maktabda yakkakurash va jamoaviy olimpiya sport turlari bo‘yicha kamida bittadan to‘garak tashkil etilib, sport maktablari murabbiylari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ishlaydi.

 

  • 2025-yil 15-sentyabrgacha, eng yaxshi sport ko‘rsatkichlariga ega o‘quvchilar sport maktablariga yo‘naltiriladi.

 

 

Mazkur tashabbusning ahamiyati

 

Bu reforma o‘quvchilarning faqat bilim darajasini emas, balki sog‘liq va jismoniy holatini ham baholaydi. Fiziologik va antropometrik ma’lumotlar asosida o‘quvchilarni aniq sport yo‘nalishlariga yo‘naltirish ularning qobiliyatini to‘g‘ri baholash imkonini beradi. Bu esa sportda iqtidorli yoshlarni erta aniqlash va qo‘llab‑quvvatlashga xizmat qiladi.

 

 

Maktab hamshiralari uchun tashkil etilayotgan o‘quv-seminarlar esa, bu jarayonning sifatli va tizimli bo‘lishini ta’minlaydi. Sport maktablarining murabbiylari va jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining hamkorligi esa to‘garak ishlarini yanada samarali qiladi.

 

 

Bu tizim asosida shakllanadigan elektron modul va ma’lumotlarni tizimlashtirish platformasi esa, o‘quvchi salomatligi hamda sportda erishgan yutuqlarini aniq ko‘rsatib beradi. Natijada, eng muvaffaqiyatli sportchi o‘quvchilarni sport maktablariga yo‘naltirish aniqroq va adolatli bo‘ladi.

 

 

O‘zbekiston maktablari uchun joriy etilayotgan yangi tibbiy-sport yo‘naltirish tizimi — nafaqat sog‘lom avlodni tarbiyalash, balki sportda iqtidorli yoshlarga imkoniyat yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir. Elektron modullar, yillik ko‘riklar va maktablararo hamkorlik o‘quvchilarning sog‘ligi va iqtidorini aniqlashda kuchli asos yaratadi. Bu esa o‘quvchilarning sport yo‘nalishida muvaffaqiyat qozonishida samarali vositaga aylanadi.