Talabalarni oʻqishga qabul qilish “avval test, soʻng tanlov” tamoyiliga muvofiqlashtiriladi

Talabalarni oʻqishga qabul qilish “avval test, soʻng tanlov” tamoyiliga muvofiqlashtiriladi

Joriy yilning 19-iyul kuni 114-sonli Prezident Farmoni bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

 

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talabalarni Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi) oʻquv reja va dasturlari bilan bir qatorda boshqa ilgʻor xorijiy oliy taʻlim tashkilotlarining ham oʻquv reja va dasturlari asosida oʻqitish tizimi joriy qilinadi.

 

 

Shuningdek, oliy taʻlim tashkilotlarining bakalavriat taʻlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlari “avval test, soʻng tanlov” tamoyiliga muvofiqlashtiriladi.