“MS Academy cosmetology” oliy yoki professional ta’lim xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega emas — Vazirlik

“MS Academy cosmetology” oliy yoki professional ta’lim xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega emas — Vazirlik

Soʻnggi paytlarda tahririyatimizga ayrim fuqarolar “International academy of aesthetic cosmetology» tomonidan berilgan diplomlar Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasasi diplomi sifatida tan olinadimi?” deb murojaat qilmoqda.

 

Holat yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullarining bizga ma’lum qilishicha, yuqorida nomi keltirilgan taʼlim tashkiloti Oʻzbekistonda oliy yoki professional taʼlim xizmatlarini koʻrsatish huquqini beruvchi hech qanday litsenziyaga ega emas.

 

Ammo shunga qaramay, ushbu nodavlat ta’lim tashkilot bakalavr hamda texnikum diplomini berishni aytib, fuqarolar bilan shartnoma imzolab, kontrakt to’lovlarini qabul qilayotgani aytilmoqda. 

“MS Academy cosmetology” oliy yoki professional ta’lim xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega emas — Vazirlik “MS Academy cosmetology” oliy yoki professional ta’lim xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega emas — Vazirlik

“MS Academy cosmetology” oliy yoki professional ta’lim xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega emas — Vazirlik

 

“MS Academy cosmetology” oliy yoki professional ta’lim xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega emas — Vazirlik

 

Yuqorida nomi keltirilgan taʼlim tashkiloti Oʻzbekistonda oliy yoki professional taʼlim xizmatlarini koʻrsatish huquqini beruvchi litsenziyaga ega emas. Chunki, ushbu tashkilot litsenziyasida hech qanday oliy ta’lim berish huquqi borligi ko’rsatilmagan.

 

Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasiga asosan, nodavlat taʼlim tashkilotlari litsenziya olingan kundan eʼtiboran taʼlim faoliyati bilan shugʻullanishga haqlidir.

 

Adliya vazirligining elektron litsenziyalash tizimi ma’lumotlariga ko’ra, ushbu MCHJ faqat «Nodavlat maktabdan tashqari ta’lim, shu jumladan, chet tillarini o‘rgatish» va «malaka oshirish» faoliyati bilan shug’ullanishga haqli xolos. Lekin na oliy, na professional ta’lim bilan shug‘ullanishga huquqi mavjud emas.

 

 

Shuni yodda tutish muhimki, tegishli litsenziyaga ega boʻlmagan yoki belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtmagan taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar nafaqat Oʻzbekiston Respublikasida balki boshqa davlatlar tomonidan ham tan olinmaydi.