Microsoft 200 ta sunʼiy intellekt yaratgan dasturchilarni ishdan boʻshatdi

Microsoft 200 ta sunʼiy intellekt yaratgan dasturchilarni ishdan boʻshatdi

Microsoft kompaniyasi tomonidan yaratilgan 200 ta sunʼiy intellekt modelini joriy etish ortidan aynan shu loyihalarda ishtirok etgan 200 nafar dasturchi ishdan boʻshatildi. Endi ularning oʻrnini oʻzlari yaratgan AI tizimlari egallaydi. Bu haqda WCCFTech nashri xabar bergan.

 

 

Candy Crush o‘yini bilan tanilgan King kompaniyasi Microsoft tomonidan 2022-yilda sotib olingan va hozirda Activision Blizzard King tarkibiga kirgan. Kompaniya mobil o‘yinlar bozorida Microsoft uchun muhim aktiv hisoblanadi.

 

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, qisqartirishlar asosan menejerlari, level dizaynerlar, kopirayterlar va SI vositalarini ishlab chiqishda ishtirok etgan mutaxassislardan iborat. Endilikda ular ishlab chiqqan texnologiyalar ushbu vazifalarni avtomatlashtirgan.

 

 

Ta’kidlanishicha, qisqartirishlar London, Barselona, Stokgolm va Berlin shaharlaridagi King ofislarida amalga oshiriladi. Microsoft vakillari bu qarorlarni samaradorlik va innovatsiyalarni jadallashtirish bilan izohlagan.