Qanday hollarda o‘qishni boshqa davlat OTMiga ko‘chirish mumkin?
Faqat 2 ta holatda ruxsat beriladi:
– Talaba oila qurgan bo‘lsa va turmush o‘rtog‘i boshqa hududda doimiy yashasa, o‘sha hududdagi OTMga ko‘chiriladi;
– Talabaning ota-onasi (yoki o‘zi) davlat xizmatchisi bo‘lib, ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chgan bo‘lsa, farzandi yoki turmush o‘rtog‘ining o‘qishi o‘sha hududdagi OTMga ko‘chiriladi (tegishli vazirlik xati asosida).
Yo‘nalish yoki ta’lim shaklini o‘zgartirmoqchiman. Nima qilishim kerak?
Bir davlat OTMi ichida yo‘nalish yoki ta’lim shaklini (kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy) o‘zgartirish mumkin. Buning uchun 5-avgustgacha transfer.edu.uz saytida ariza topshiriladi. Qabul qilish qarori – OTM rektorining vakolatida.
