2025-yil 12-iyul kuni Telegram messenjeri asoschisi va milliarder Pavel Durov talabalarga muhim tavsiya berdi.
Durov o‘zining Telegram kanalida biror sohani tanlashni bilmayotgan yoshlarga matematika fanini tanlashni tavsiya qilgan. Uning fikricha, matematika insonni mustaqil fikrlashga, mantiqan tahlil qilishga, muammolarni kichik bo‘laklarga ajratib, bosqichma-bosqich hal qilishga o‘rgatadi.
Shuningdek, Durov matematika kompaniyalar yaratish va loyihalarni boshqarish uchun eng muhim ko‘nikmalardan biri ekanligini ta’kidlagan.
