YouTube 2025-yil 15-iyuldan boshlab sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan videolarni monetizatsiya qilishni toʻxtatishini maʼlum qildi.
Monetizatsiya — bu videolardan pul topish jarayoni, yaʼni videolarni koʻrgan odamlar orqali reklamadan yoki boshqa yoʻllar bilan daromad olish degani.
Bu oʻzgarish platformada sunʼiy medianing haqqoniyligi, sifati va etik jihatlari haqida ortib borayotgan xavotirlarga javob sifatida joriy qilingan.
Generativ sun’iy intellekt vositalari insonning minimal ishtiroki bilan ishonarli videolarni yaratishni hech qachon bunchalik oson qilmagan edi. Bu texnologiya ijodkorlikni va imkoniyatlarni kengaytirgan boʻlsa-da, bir vaqtning oʻzida platformada sifatsiz, chalgʻituvchi yoki toʻliq uydirma kontentning koʻpayishiga sabab boʻlgan.
Natijada, reklamachilar va tomoshabinlar yolgʻon maʼlumot tarqatilishi, mualliflik huquqi buzilishi hamda brend xavfsizligiga bogʻliq xatarlardan xavotirdaligini bildirgan.
