Ozarbayjonda rus maktablari yopilmaydi, ammo davlat tilini bilish talab qilinadi — taʼlim vaziri

Ozarbayjonda rus maktablari yopilmaydi, ammo davlat tilini bilish talab qilinadi — taʼlim vaziri

Hozirgi paytda Ozarbayjonda rus maktablari oʻquvchilari davlat tilini bilishlari shart. Bu haqda Ozarbayjon fan va taʼlim vaziri Emin Amrullayev “Report” agentligiga maʼlum qilgan.

 

 

Unga koʻra, ushbu maktablar oʻquvchilari davlat tilini yaxshi bilishlari shart, chunki ular davlat byudjeti hisobidan taʼlim olyapti.

 

 

Shu bilan birga, vazir mamlakatda rus tili oʻqituvchilari yetishmovchiligi mavjudligini qayd etib, rus sinflari uchun ishga qabul qilinayotgan nomzodlar odatda 50-60 ball toʻplayotganini, ozarbayjon sinflari uchun esa bu koʻrsatkich 80 balldan oshishini bildirgan.

 

“Oʻquvchi qayerda — qaysi sinfda tahsil olishidan qatʼi nazar, ustuvor vazifa uning ona tilini yaxshi bilishi hisoblanadi. Chunki oʻquvchi davlat byudjeti hisobidan taʼlim olayotgani uchun, biz undan ozarbayjon tilini bilishini talab qilish huquqiga egamiz.

 

Shuningdek, rus sinflari uchun ishga qabul qilinayotgan oʻqituvchi nomzodlari, odatda, eng koʻpi bilan 50-60 ball toʻplashmoqda, holbuki ozarbayjon sinflari uchun bu koʻrsatkich 80 balldan yuqori. Biroq kadrlar yetishmasligi tufayli biz shunday koʻrsatkichlarga ega oʻqituvchilarni ishga qabul qilishga majburmiz”, — deya taʼkidlagan u.