Xabaringiz bor, 2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlar joriy yilning 10-iyul kunidan 10-avgust kuniga qadar onlayn roʻyxatdan oʻtishlari kerak edi.
Ammo ariza topshirish jarayonlari hali boshlanmadi. Sababini bilish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi bilan bog‘langanimizda bu hali noma’lum ekanligini va hali tasdiqlanishi kutilayotganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali onlayn shaklda amalga oshiriladi.
Bunda nomzodlar platformada:
➖ oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖ diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖ hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.
