11-iyuldan boshlab IELTS qog‘ozda imtihonlari vaqtincha to’xtatiladi

11-iyuldan boshlab IELTS qog‘ozda imtihonlari vaqtincha to’xtatiladi

IDP Education rasmiy xabarnomasiga ko‘ra, 2025-yil 11-iyuldan boshlab O‘zbekiston hududida IELTS Paper-based (qog‘ozda) imtihonlari operatsion sabablarga ko‘ra vaqtincha to‘xtatiladi.

 

 

Mazkur qaror IELTS’ning asosiy hamkorlari — IDP, British Council va Cambridge University Press & Assessment tomonidan qabul qilingan bo‘lib, u texnik va tashkiliy masalalar bilan bog‘liq.

 

 

Shu sababli, Edu-Action Exams Centre orqali ro‘yxatdan o‘tgan barcha abituriyentlarning imtihonlari bekor qilinmoqda. Biroq, IELTS topshiruvchilar uchun quyidagi ikki muqobil imkoniyat taklif etilmoqda:

 

 

Kompyuterda IELTS (IELTS on Computer) imtihoniga bepul o‘tkazish

 

To‘liq to‘lovni qaytarib berish

 

 

IDP quyidagilarni ma’lum qilmoqda:

“IELTS Paper-based imtihonlari bo‘yicha yuzaga kelgan vaqtincha to‘xtalishlar chog‘ida biz barcha talabalarimizga adolatli muqobil variantlarni taqdim etishga intilamiz. IELTS on Computer — zamonaviy, tezkor va ishonchli format bo‘lib, test natijalari odatda 3–5 ish kunida e’lon qilinadi.”