Magistraturaga hujjat topshirishda bakalavr diplomi nega chiqmayapti?

Magistraturaga hujjat topshirishda bakalavr diplomi nega chiqmayapti?

Kuni kecha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy my.edu.uz platformasi orqali magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirish jarayonlari boshlandi.

 

Ammo ijtimoiy tarmoqlarda 2025-yilda bakalavr bosqichini tamomlagan talabalarning aksariyati ushbu platformada diplom ma’lumotlari chiqmayotgani yoki ularni qo‘lda kiritishga urinilganda sayt bunga ruxsat bermayotgani haqida murojaatlari tarqalmoqda.

 

«Magistrlar Official» Telegram sahifasida bu borada “HEMISdan diplomi chiqmayotganlarning muammosini hal qilmoqdamiz. HEMIS OTM bilan HEMIS vazirlik tizimi o‘rtasidagi sinxronizatsiyani tezlashtirish ishlari olib borilmoqda. Tez orada barcha murojaatchilarning diplomlari tizimda ko‘rinadi”, – deya xabar qoldirilgan.

 

Ma’lumot o‘rnida, 1-iyul kuni boshlanishi kerak bo‘lgan hujjat topshirish jarayoni noma’lum sabablarga ko‘ra 7 kun kechikib boshlandi. Shunga qaramay, hozirgacha magistratura bosqichi uchun kvotalar taqsimoti e’lon qilinmagan.

 

 

Shuningdek, hujjat topshirish jarayonida diplom ma’lumotlarini kiritish tartibi quyidagicha:

 

1991-yildan 2021-yilgacha bakalavr diplomini olgan bitiruvchilarmy.edu.uz platformasida “Diplom ma’lumotlarini qo‘shish” bandi orqali ma’lumotlarini mustaqil kiritishlari lozim.

 

Magistraturaga hujjat topshirishda bakalavr diplomi nega chiqmayapti?

Magistraturaga hujjat topshirishda bakalavr diplomi nega chiqmayapti?

 

 

2021-yildan keyin diplom olganlar — oliygohlar tomonidan HEMIS-STUDENT platformasiga diplom ma’lumotlari kiritilgan bo‘lishi kerak. Agar tizimda diplomlar mavjud bo‘lmasa, tegishli oliygoh bilan bog‘lanish yoki hujjatlarni qo‘lda kiritib ko‘rish tavsiya etiladi.

 

 

Magistraturaga hujjat topshirishda bakalavr diplomi nega chiqmayapti?

 

2025-yilda bitirgan talabalar — hozircha diplomlari HEMIS tizimida ko‘rinmaydi. Bu holatda kutishga to‘g‘ri keladi. Diplom tizimda ko‘ringach, hujjatlarni yuklash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Rasmiy manbalarda haligacha bu mavzuda bayonot yoki yangiliklar e’lon qilingani yo’q. Ta’lim xabarlari sayti qo’shimcha ma’lumotlar uchun ochiq.