O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 2025/2026-o‘quv yili uchun Kasbiy (ijodiy) imtihonlar — joriy yilning 7-14-iyul kunlari yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi.
Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan institut hududiga yetib kelishlari lozim.
Ruxsatnoma https://my.uzbmb.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.
Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko’chasi, 1-uy
Qabulga doir rasmiy bot: @eduuzuniversalbot

