“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari oʻqituvchi-trenerlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Mazkur topshirish ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 18-iyun kuni Koreya Respublikasi Taʼlim vazirligi huzuridagi TEAM MONOLITH tashkiloti bilan hamkorlikda maktabdan tashqari taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining Janubiy Koreyada malaka oshirishini tashkil etish masalalari yuzasidan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.
