Sirtqi ta’lim tugatilgani yuzasidan Oliy ta’lim vaziri izoh berdi

Sirtqi ta’lim tugatilgani yuzasidan Oliy ta’lim vaziri izoh berdi

O‘zbekistonda sirtqi taʼlim tugatilishiga sabab taʼlim sifati bilan bog‘liq.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Daryo.uz” ga bergan intervyusida maʼlum qildi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Prezident farmoniga asosan, yangi o‘quv yilidan sirtqi taʼlim shakliga qabul tugatildi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipovning aytishicha, mazkur taʼlim shaklidan voz kechilishi taʼlim sifati yetarli taʼminlanmagani bilan bog‘liq.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Biz bu yo‘nalishda taʼlim sifatini 100 foiz taʼminlab bera olmaymiz.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Chunki bilamizki, talabalarning ko‘pchiligi ish bilan band, vaqtida darsga kela olmaydi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Buni hammamiz ko‘rib turibmiz, yashirishga hojat yo‘q”, — dedi vazirlik rahbari.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Suhbat davomida Qo‘ng‘irotboy Sharipov sirtqi o‘rniga masofaviy va uzaytirilgan taʼlim keng yo‘lga qo‘yilayotganiga urg‘u berdi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Endi o‘qiyman degan yoshlar masofaviy taʼlimga kirishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mazkur yo‘nalishda nazorat kuchliroq — talaba har kuni kompyuteridan darsga kirib, masofadan o‘qishi kerak bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘rniga boshqa odam kirsa yoki imtihonlarda qanaqadir ‘shpargalka’dan foydalanaman desa, uning kompyuteri avtomatik tarzda o‘chirib qo‘yiladi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu taʼlim sifati bilan bog‘langan masala.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Sirtqining o‘rniga masofaviy taʼlim kiritilyapti.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Biz to‘liq yopib tashladik degani emas.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘zi butun dunyoda sirtqi taʼlim shakli yo‘q.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Biz kredit-modul tizimiga o‘tdik, dunyodagi top-300 talik reytingdagi universitetlar dasturlarini qabul qilyapmiz.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Xorijdan professor-o‘qituvchilarni ishga taklif qilyapmiz.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yevropa, Amerika yoki boshqa davlatlarga qarasangiz kunduzgi, kechki, masofaviy va uzaytirilgan taʼlim shakllari mavjud.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Talabalarga institutni to‘rt yilda emas, 5–10 yilda ham bitirish imkoniyati beriladi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuning uchun bundan qo‘rqish kerak emas.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘rniga muqobil taʼlim shakli berilyapti”, dedi vazir.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maʼlumot uchun, sirtqi taʼlim shakliga qabul to‘xtatilgan bo‘lsa-da, hozirda mazkur shaklda tahsil olayotgan talabalar uchun barcha o‘quv jarayonlari belgilangan tartibda davom ettiriladi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yaʼni ular tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha amaldagi davlat taʼlim standartlari, o‘quv rejalari va fan dasturlariga muvofiq o‘qishni yakuniga yetkazish imkoniyatiga ega.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Sirtqida o‘qib, belgilangan tartibda diplom olgan shaxslar O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq to‘liq oliy maʼlumotli mutaxassislar hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ularga beriladigan diplom kunduzgi, kechki yoki masofaviy taʼlim shaklidagi diplomlar bilan teng yuridik kuchga ega.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠