Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi Qayumov Asilbek SAT imtihonida maksimal 1600 balldan 1320 ball to‘plab xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Qayumov Asilbek CEFR imtihonida B2 darajali sertifikatni qo‘lga kiritgan. Xalqaro standartlar olimpiadasining Respublika bosqichida g‘olib bo‘lib, avgust oyida Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro olimpiadada ishtirok etadi.
