Hozirgi sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar keyinchalik diplom oladimi?

Hozirgi sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar keyinchalik diplom oladimi?

Bugun, 16-iyun kuni AOKA da sirtqi ta’lim shakli tugatilishi yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Unda fuqarolar va jamoatchilik vakillari tomonidan kelayotgan savollarga javob berildi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Unga ko‘ra, hozirda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar amaldagi tartibda o’qishni tamomlaydi va ularga tan olinadigan namunadagi diplom berilishi ta’kidlangan.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ya’ni, ular tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha amaldagi davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va fan dasturlariga muvofiq o‘qishni yakuniga yetkazish imkoniyatiga egalar.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

‘‘Sirtqi ta’lim shaklida tahsil olib, belgilangan tartibda diplom olgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq to‘liq oliy ma’lumotli mutaxassislar hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ularga beriladigan diplom kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shaklidagi diplomlar bilan teng yuridik kuchga ega.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu bois, bunday mutaxassislarni davlat yoki xususiy sektorda rasmiy ishga qabul qilishda hech qanday huquqiy to‘siq mavjud emas.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ish beruvchilar ularning ta’lim shaklidan kelib chiqib emas, balki egallagan bilim, ko‘nikma va professional salohiyati asosida baholashi lozim’’.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hozirgi sirtqi ta'limda o‘qiyotganlar keyinchalik diplom oladimi?⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, kelgusida kunduzgi ta’limga muqobil shakllar, jumladan, masofaviy, kechki va maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time) ta’lim shakllari bosqichma-bosqich rivojlantirilib, ularga qabul ko‘rsatkichlari kengaytirib borilishi qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu esa muayyan ish o‘rniga ega abituriyentlar uchun o‘qish va mehnat faoliyatini bir vaqtda olib borish imkonini beradi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Masofaviy ta’lim zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etilib, talabalarga bevosita ta’lim muassasasiga kelmasdan bilim olish imkonini yaratadi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shu bilan birga, kechki ta’lim shaklida o‘qish ish vaqtidan keyingi soatlarda amalga oshirilib, ishlovchi shaxslarga qulay grafikda ta’lim olishni ta’minlaydi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hukumat tomonidan bu sohadagi tashkiliy-huquqiy mexanizmlar takomillashtirilishi, o‘quv dasturlarining talabga moslashtirilishi va ta’lim sifatining ta’minlanishi bo‘yicha aniq choralar ko‘rilayotgani ko‘zda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠