Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi 1-umumtaʼlim maktabining 2-sinf oʻquvchisi Umarjon Qodirov Dubayda bo‘lib o‘tgan xalqaro mental arifmetika olimpiadasida faxrli Oliy oʻrinni egalladi. Bu haqda UzA xabar berdi.
Mazkur olimpiada joriy yilning 9-iyun kuni BAA ning Dubay shahrida o‘tkazilgan bo‘lib, unda dunyoning oʻndan ortiq davlatlar vakillari ishtirok etgan.
Umarjon Qodirov matematika va ingliz tili yoʻnalishlarini qamrab olgan murakkab vazifalarni ishlab, gʻoliblikka erishgan.
