Xabaringiz bor, oliy ta’limga kirish va o‘qishni ko‘chirish test sinovlarida ishtirok etish uchun BHMning 50 foizi miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.
Yaqinda BHM oshirilishi e’lon qilingan edi. Lekin, bu yangi miqdor 1-avgustdan boshlab kuchga kiradi.
Bu nimani anglatadi?
Abituriyentlar test uchun to‘lovni eski narxda – (187 500 so‘m) amalga oshirishlari mumkin.
Qisqasi, test uchun to‘lov oshmaydi, ammo 1-avgustdan keyin BHM asosidagi to‘lovlar ko‘tariladi.
Quyidagi abituriyentlar to’lovdan ozod etilgan:
– o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
– nogironligi bo‘lgan shaxslar;
– mehribonlik uylari bolalari;
– bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
– “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
– “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.
