Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
– 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
– 65 – 69,9 ball — A daraja;
– 60 – 64,9 ball — B+ daraja;
– 55 – 59,9 ball — B daraja;
– 50 – 54,9 ball — C+ daraja;
– 46 – 49,9 ball — C daraja.
Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.
Tushuntirish! Agar, abituriyent tanlagan ta’lim yo’nalishidagi asosiy fandan B, B+, C va C+ sertifikatlarini olsa, ushbu fandan abituriyentga proporsional ball beriladi. Ya’ni, barcha sertifikatlarga umumiy ballga nisbatan foiz ko’rsatkichi ko’rsatilgan va ballar shunga qarab hisoblanadi.
Eslatma! 2024-yil 1-martdan boshlab beriladigan sertifikatlar esa Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq Rash modeli asosida baholanadi.
2024-yil 1-martgacha milliy sertifikatga da’vogar bo‘lganlarning natijalari 100 ballik tizimda baholangan. Shundan kelib chiqib, ular 86 balldan sal pastroq 85.9 ball to’plasa ham unga o’z yo’nalishi bo’yicha mutaxassislik fanidan (1-fan bo’lsa) maksimal 93 balldan 92.89 ball emas, balki 79.88 ball berilishi belgilangan.
Natijalari Rash modeli asosida baholangan abituriyentlarga esa, ular maksimal 65 balldan 64.9 ball to’plagan taqdirda, o’z yo’nalishi bo’yicha mutaxassislik fanidan (1-fan bo’lsa) maksimal 93 balldan 92.85 ball beriladi.
