Rash modeli asosida hisoblab berilgan milliy sertifikat bilan imtiyozga ega boʻlish uchun qanday natija qayd etish kerak? - Ta’lim xabarlari
Rash modeli asosida hisoblab berilgan milliy sertifikat bilan imtiyozga ega boʻlish uchun qanday natija qayd etish kerak?

Xabaringiz bor, Hukumat (10.01.2024 17-son) qarori bilan umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikatini olish uchun test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanishi belgilandi.

 

“70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja;
65 — 69,9 ball olganlarga A daraja;
60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja;
55 — 59,9 ball olganlarga B daraja;
50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja;
46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda.

 

Qarorda abituriyentlarga beriladigan imtiyoz aniq koʻrsatilgan boʻlib, 65 balldan oʻtgan abituriyent “A +, A” darajaga ega boʻladi va OTMga kirishda oʻsha fandan maksimal ballga ega boʻladi.

 

Oʻtgan yillarda olingan milliy sertifikatlar 100 ballik tizimda hisoblanar edi va oʻqituvchilar uchun ustama belgilash boʻyicha qoʻshma qarorda 100 ballik tizim boʻyicha minimum 80 va undan yuqori ball, boshlangʻich taʼlim ustozlari (ona tili va adabiyot va matematika fanlaridan) minimum 60 va undan yuqori ball toʻplagan taqdirda ustama toʻlanishi belgilangan edi.

 

Hozirlikcha vakolatli vazirliklar tomonidan qoʻshma qarordagi oʻzgarish va ballar haqida rasmiy maʼlumot berilmadi.

 

Biroq bizga bu borada juda koʻp savollar yuborilgani uchun mustaqil mutaxassislardan izoh soʻraganimizda pedagoglarga minimum A daraja (65 — 69,9 ball), boshlangʻich taʼlim ustozlar esa minimum C daraja(46 — 49,9 ball) olgan taqdirda ustama toʻlanishi mantiqan toʻgʻri boʻlishini maʼlum qilishdi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры