Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomani olish uchun qaysi mezonlarga qaraladi?

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomani olish uchun qaysi mezonlarga qaraladi?

Ushbu tavsiyanomani olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarga mos tushishi kerak:

 

— kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar (Oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik о‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda oila kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi);

 

— tо‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

 

— turmush о‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

 

— nogironligi bо‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

 

— ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

 

— ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

 

 

Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan, shuningdek, umumiy о‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatga ega bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi barcha talabgor xotin-qizlarga beriladi.

 

Tavsiyanoma olish uchun tavsiyanoma.ijro.uz platformasi orqali elektron ariza yuborish kerak. Arizalar 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

 

Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi. Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.