Grantda o‘qigan talabalar sinovsiz ishga kirishi mumkin

Grantda o‘qigan talabalar sinovsiz ishga kirishi mumkin

Endilikda davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan talabalar dastlabki sinov muddatisiz ishga kirishlari mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Mehnat kodeksining yangi tahriri, 129-moddasi ma’lum qilmoqda.

 

 

Ushbu imtiyoz faqat davlat granti asosida OTMni tamomlagan va egallagan mutaxassisligi bo‘yicha birinchi marta ishga kirayotgan talabalar uchun amal qiladi.

 

 

Agar davlat granti bitiruvchisi dastlabki ishga sinov muddatisiz qabul qilinsa va keyinchalik ishdan bo‘shab, boshqa ishga kirsa, unga nisbatan bu imtiyoz qo‘llanilmaydi.