Samarqandda bir kunda 3 nafar o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi

Samarqandda bir kunda 3 nafar o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi

Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 24-may kuni uch nafar o‘quvchi suvga cho‘kib vafot etdi. Hodisalar viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan.

 

 

Ma’lum bo‘lishicha, 24-may kuni Paxtachi tumanidagi 6-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchilari A.S. va N.M. fermer dalasidagi hovuzda cho‘milish paytida suvga cho‘kib halok bo‘lgan.

 

 

Shuningdek, shu kuni 32-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi B.N. ariqqa yiqilib, cho‘kib ketgan. Bola otasi bilan dalada mol sug‘orayotganda, otasi ortga qaytgan, bola esa dalada qolgan va ariqga tushib ketgan.

 

 

Maktab direktorining so‘zlariga ko‘ra, ariq cho‘kib o‘lish xavfi yuqori bo‘lgan joy emas, lekin ekspertiza xulosalari aniqlik kiritiladi.

 

 

Ushbu voqealardan so‘ng Paxtachi tumani hokimi Qayum Xushbaqov barcha maktablarning sinf rahbarlariga o‘quvchilar ota-onalari yonida yoki yo‘qligini uyma-uy yurib tekshirish topshirig‘ini bergan.

 

 

Ta’kidlash lozimki, viloyat MMTB kotibi holatlar dars vaqtida sodir bo‘lmaganini qayd etgan. Yozgi ta’til boshlanishi munosabati bilan taqiqlangan hududlarda cho‘milmaslik va bolalarni xavfsiz joylarga yubormaslik bo‘yicha ota-onalardan kafolat xatlari olinmoqda.