Ayrim hollarda “Jasorat maktablari”ga nomzodlarning arizalari rad etilishi mumkin

Ayrim hollarda “Jasorat maktablari”ga nomzodlarning arizalari rad etilishi mumkin

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligining 2025-yil 23-may 27q/q; 20-sonli ‘‘Umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida “Jasorat maktablari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida’’ gi qaroriga muvofiq, jasorat sinflariga nomzodlarning arizalari ayrim hollarda tahrirlashga yuborilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

 

Quyidagi hollarda hujjatlar tahrirlashga yuboriladi:

 

– belgilangan hujjatlar toʻliq boʻlmaganda;

 

– taqdim etilgan hujjatlardagi, muhrdagi yozuvlar oʻqib boʻlmaydigan darajada nusxalangan boʻlsa.

 

 

Hujjatlar tahrirlash uchun yuborilganda, oʻquvchilarga koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlar qabul qilish muddati tugagunga qadar toʻgʻrilashga ruxsat beriladi. Hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng maʼlumotlarni oʻzgartirishga ruxsat berilmaydi.

 

 

Quyidagi holatlarda oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish rad etiladi:

 

 

– belgilangan muddatlardan keyin kirish imtihonida ishtirok etish hohishini bildirgan taqdirda;

 

– taqdim etilgan hujjatlarning soxta ekanligi aniqlanganda;

 

– oʻquvchilar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa;

 

– umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining beshinchi (yoki beshinchi sinfdan yuqori) sinfida oʻqishni toʻliq tamomlagan oʻquvchilar Jasorat sinflarining 5- sinfida takroran oʻqish istagini bildirgan boʻlsa.

 

 

Oʻquvchilarning hujjatlari ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilgandan soʻng (24 soat ichida) ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi.

 

 

Kirish imtihonlarining yakuniy natijalari har yili avgust oyida vazirlik va Jasorat maktablarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.

 

 

Eslatma: hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng maʼlumotlarni oʻzgartirishga ruxsat berilmaydi.

 

 

Qabul komissiyasi tomonidan hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida oʻn kun oldin tanlov oʻtkazish vaqti, joyi, qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va qabul kvotalari toʻgʻrisida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali eʼlon beriladi.